Turli kuchlar ma’lum bir dastaklar orqali Chechenistondagi tinchlik-osoyishtalikka putur yetkazishga urinmoqda. Bu haqda respublika rahbari Ramzan Qodirov Telegram’dagi kanalida ma’lum qildi, deya xabar beradi “MK.ru”.
“Men va safdoshlarimga dushmanlar vayron etmoqchi bo‘lgan, otam Ahmad hoji Qodirov tomonidan yaratilgan narsalarni yelkamizda ushlab qolish uchun atlant bo‘lishga to‘g‘ri kelmoqda. Agar mamlakating tarqalib ketishini kutayotganlardan faqat bo‘lmag‘ur gaplarni tinglayotgan bo‘lsang, demak, to‘g‘ri yo‘ldan adashmabsan”, — ta’kidladi Qodirov.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Novaya gazeta” nashri Chechenistonda qisqa vaqt mobaynida ayblovsiz va sudsiz 56 kishi otib tashlangani haqida xabar bergandi.
Izoh (0)