Amerikalik investor Uorren Baffett 5 ta xayriya tashkiloti, jumladan, Bill va Melinda Geytsning fondiga Berkshire Hathaway kompaniyasi aksiyalari ko‘rinishida 3,17 milliard dollar hadya qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Xayriya tashkilotlari faoliyatlarini moliyalashtirish uchun odatda o‘zlariga taqdim etilgan aksiyalarni sotib yuboradi. Bu yil Baffet kompaniyasining B toifasidagi 18,63 million dona aksiyasini xayriya qildi. Ularning har biri 10-iyul kungi savdolarda 170,25 dollar baholangan edi.
Investor 2006-yildan beri 27,54 milliard dollar xayriya qildi, ulardan 21,9 milliardi sog‘liqni saqlash va qashshoqlikka qarshi kurash bo‘yicha loyihalar bilan shug‘ullanuvchi Geytslar fondiga o‘tkazib berildi.
Bunday yirik miqdordagi xayriya summalariga qaramay, Forbes manbalariga ko‘ra, 86 yoshli Baffett milliarderlar reytingida 4-o‘rinni saqlab qoldi.
Izoh (0)