Rossiyalik prokuror Mariya Semenenko muxolif siyosatchi Boris Nemsovni o‘ldirishda aybdor deb topilgan Zaur Dadayevga umrbod qamoq jazosi berishni so‘radi. Shuningdek, ayblov Dadayevga 200 ming rubl miqdorida jarima belgilashni ham so‘ramoqda, deb xabar beradi Meduza.
Bundan tashqari, ayblov ichki qo‘shinlarda xizmat qilgan Dadayevni leytenant unvoni hamda Jasorat ordenidan mahrum qilish talabini ilgari surmoqda.
Qotillik ishi bo‘yicha aybdor deb topilgan yana bir gumondor — Anzor Gubashev uchun prokuror Semenenko 23 yillik qat’iy tartibli kolonna muxlatini so‘ramoqda. Uning ukasi Shadid Gubashev 21 yillik qat’iy tartibli kolonna muxlatini olishi, shuningdek, 200 ming rubl jarimaga tortilishi mumkin.
To‘rtinchi gumondorlar — Temirlan Eskerxanov uchun ayblov 19 yillik, Xamzat Baxayev uchun 17 yillik qamoq jazosi so‘ramoqda.
Izoh (0)