Markaziy Afrika respublikasida ro‘y bergan yirik yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 78 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Kuzovida savdogarlar bozorga ketayotgan yuk mashinasi Bambari shahri yaqinida ag‘darilib ketgani bildirilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avariyaga transport vositasiga haddan ziyod odam chiqqani sabab bo‘ldi.
Mahalliy kasalxona bosh shifokori Chamberlayn Bamaga ko‘ra, hozirgi paytda 78 nafar qurbon va 72 nafar yarador haqida aniq ma’lumotlar mavjud.
Izoh (0)