Germaniya hukumati bergan bayonotga ko‘ra, Gamburgda o‘tadigan G20 sammitida kansler Angela Merkel Fransiya va Rossiya rahbarlari bilan birga Ukraina masalasi bo‘yicha uch tomonlama maslahatlashuvchi o‘tkazadi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Germaniya kanslerining rasmiy vakili Shteffen Zaybertga ko‘ra, Angela Merkelning Rossiya va Fransiya yetakchilari Vladimir Putin va Emmanyuel Makron bilan uchrashuvi qachon o‘tishi hali aniq emas.
Ilgariroq Putin sammit doirasida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Ukraina masalasini muhokama qilishi ma’lum bo‘lgan edi.
Izoh (0)