Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risidagi Nizom”ga o‘zgartirish kiritdi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Mazkur hujjatga ko‘ra, Toshkent shahri va viloyatidagi turar joy maqomini olgan yotoqxonalarda 2015-yil 15-sentabrga qadar berilgan idora hujjati (order) asosida doimiy ravishda yashab kelgan va yashash joyida ro‘yxatga olingan shaxslar ushbu uy-joyni xususiylashtirish huquqiga ega bo‘ldi.
Xususiylashtirish imkoniyati 2018-yil 1-iyulgacha taqdim etiladi. Bunga qadar Toshkent shahri va viloyatida ushbu xonadonlarni xususiylashtirish bo‘yicha bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va notarial tasdiqlashga ruxsat berildi.
Shu tariqa xususiylashtirilgan xonadon egalari Toshkent shahri yoki viloyatida ushbu uy-joy maydoniga doimiy propiskaga qo‘yilishi mumkin.
Izoh (0)