Samarqand avtomobil zavodi shaharlararo harakatlanuvchi avtobuslar ishlab chiqarishni o‘zlashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Jahon” agentligi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, “SamAvto” 2020-yilga qadar shaharlararo harakatlanuvchi avtobuslar ishlab chiqarishni o‘zlashtirishni maqsad qilgan.
Reja bo‘yicha, 2020-yildan boshlab har yili 400 ta shaharlararo avtobuslar ishlab chiqarilishi kerak.
“Jahon”ning yozishicha, loyiha qiymati 12 million dollarga baholanmoqda.
Avvalroq “Samavto” 2017-yildan boshlab gazli dvigatel o‘rnatilgan avtobuslarni yiliga 500 tadan ishlab chiqarishga kirishayotgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)