• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Avto

    GM Uzbekistan nima uchun o‘z avtomobillari narxini dollarga bog‘lab qo‘ydi? Kompaniya javob beradi

    GM Uzbekistan kompaniyasining Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati so‘nggi vaqtlarda OAVlarda e’lon qilingan tanqidiy va tahliliy materiallarning “eng dolzarb masalalariga ochiqlik kiritish”ga qaror qildi. Kompaniya bayonoti uning Facebook’dagi sahifasida e’lon qilindi.

    Foto: GM Uzbekistan

    Foto: GM Uzbekistan

    “OAV vakillari tomonidan so‘nggi paytlarda bizning sohada sodir bo‘layotgan jarayonlarga tanqidiy va eng e’tiborlisi, tahliliy yondashuvlarini to‘laligicha qo‘llab-quvvatlaymiz va konstruktiv ruhdagi ochiq muloqotga tayyor ekanligimizni ta’kidlab o‘tamiz”, — deyiladi kompaniya axborotida.

    Birinchidan

    Ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar narxini AQSh dollariga bog‘lash iqtisodiyot subyektlari tomonidan keng qo‘llanilib kelinayotgan amaliyot bo‘lib, ko‘pchilik uchun yangilik emas. Masalan, milliy aviakompaniya, mobil aloqa operatorlari, internet provayderlari, turistik firmalar o‘z tovar va xizmatlari uchun tariflarini erkin konvertatsiyadagi xorijiy valyutada, AQSh dollari yoki yevroda belgilaydilar. To‘lovlar Markaziy bankning to‘lov sanasidagi rasmiy kursi asosida milliy valyutada amalga oshiriladi.

    Shu bilan birga ta’kidlab o‘tish joizki, avtomobil uchun oldindan to‘lovning minimal miqdori (85 foiz) amalga oshirilgandan keyin to‘lovning qolgan qismiga valyuta kursi o‘zgarishi ta’sir qilmaydi va avtomobil uchun to‘lov shartnoma tuzilgan kundagi kurs asosida amalga oshiriladi, ya’ni avtomobil narxi o‘zgarmaydi.

    Ikkinchidan

    Avtomobillar narxlari, avvalo, ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlardan, davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha xarajatlar, shuningdek, avtomobillarning minimal rentabelligining muvofiqlashtirilgan darajasidan kelib chiqib shakllanadi.

    Narxlarni asoslashda hamda avtomobillarni ishlab chiqarish va sotish davomida paydo bo‘ladigan xarajatlarini aniqlashda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilinadi.

    Shu bilan birga, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tabiiy monopoliya subyekti bo‘lgan GM Uzbekistan faoliyati ustidan, xususan avtomobil narxini belgilash hamda narxlarni kelishilgan me’yorlarini qo‘llash tartibiga rioya etilishi ustidan O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq davlat nazorati amalga oshiriladi.

    Uchinchidan

    Avtomobilsozlik — bu katta miqdordagi moliyaviy mablag‘, vaqt, texnik salohiyat va boshqa resurslarni talab qiluvchi ko‘p o‘lchovli jarayondir. Jahon avtomobil ishlab chiqaruvchilari tajribasi shuni ko‘rsatadiki, xomashyodan to tayyor mahsulot, ya’ni avtomobil ishlab chiqarilishigacha o‘rtacha 3 oydan 6 oygacha vaqt talab qilinadi. E’tiborli jihati shuki, O‘zbekiston asosiy dengiz marshrutlaridan uzoqda joylashgan hududlar sirasiga kiradi. O‘zbekiston avtomobil sanoati umumjahon avtomobilsozlik tizimining uzviy bir qismiga aylangan bo‘lib, hozirgi kunda avtomobil ishlab chiqarish uchun kerak bo‘lgan muayyan turdagi xomashyo va butlovchi qismlar dunyoning deyarli barcha qit’alarida joylashgan 20 dan ortiq mamlakatlardan olib kelinadi. Ular sirasiga Janubiy Koreya, AQSh, Germaniya, Italiya, Meksika, Braziliya, Rossiya, Polsha va boshqa ko‘plab davlatlar kiradi.

    Ushbu omillardan kelib chiqib, tayyor avtomobilni yetkazib berish muddatlari belgilanadi va o‘rtacha 3 oy vaqt talab qiladi. Ishlab chiqarish jarayonlari va normativlari, logistika va boshqa omillarni hisobga olgan holda GM Uzbekistan tomonidan avtomobillarni xaridorlarga yetkazib berish muddatlarni qisqartirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda va shuning uchun ikki oylik ishlab chiqarish hajmidagi avtomobillarga shartnoma tuzilib kelinmoqda.

    Albatta, korxona omborlarida bir necha oylarga yetadigan darajada butlovchi qismlarni olib kelib saqlash ham mumkin. Biroq, bu o‘z navbatida moliyaviy mablag‘larni katta miqdorda “muzlatilishiga” va avtomobil tannarxini oshib ketishiga olib keladi. Ba’zi hollarda bunday saqlangan materiallar sifati buzilishi va yaroqsiz holga kelishi xavfi bor.

    Shu kabi salbiy holatlarni oldini olish, moliyaviy xarajatlarni kamaytirish va avtomobil tannarxini me’yoriy saviyada ushlab turishni ta’minlash maqsadida korxona omborlarida ishlab chiqarish rejasiga asosan kerak bo‘ladigan minimal miqdordagi xomashyo va butlovchi qismlar saqlanadi.

    Yetkazib berish muddatlarini qisqartirish maqsadida oylik ravishda shartnoma tuzish tizimi tatbiq qilindi va natijada seriyali ishlab chiqariladigan avtomobillar yetkazish berish maksimal muddati 60 ish kuni deb belgilandi (Captiva, Malibu, Orlando avtomobillari bo‘yicha yetkazib berish muddatlari 90 ish kunini tashkil etadi). Bu tizimni tatbiq qilishning asosiy maqsadlaridan biri — xaridorlarni bir necha oylab o‘z avtomobillarini yetkazib berilishini kutish va avtomobil narxi o‘zgarganda qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirish natijasida vujudga keladigan e’tirozlarni hamda ushbu holatdan ba’zi bir shaxslar tomonidan spekulyativ ravishda, g‘araz maqsadlarda foydalanishni oldini olishdan iborat.

    To‘rtinchidan

    Avtomobil tannarxini kamaytirishda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlari muhim o‘rin tutadi va bu borada keng miqyosdagi ishlar amalga oshirilib, yildan-yilga mahalliylashtirish darajasi oshib bormoqda.

    Bugungi kunga kelib, mahalliylashtirish dasturini hisobga olgan holda jami 160 dan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tashkil etildi va o‘z faoliyatini olib bormoqda. Buning natijasida ayrim modellar bo‘yicha mahalliylashtirish darajasi 70—75 foizgacha yetdi.

    Shu bilan birga, ba’zi bir turdagi butlovchi qismlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish umumiy ishlab chiqarish hajmlari kamida 500 ming dona avtomobilga yetganda samarali amalga oshirilishi mumkin. Shuning uchun, temir, alyuminiy, polimerlar, silindrlar bloki, transmissiya, tezlik uzatish qutisi, avtomobil ichki kompyuterlari kabi ba’zi xomashyo va butlovchi materiallar hozirgi kunda chet eldan import qilinmoqda.

    Xulosa o‘rnida

    Yuqorida keltirilgan va shu kabi boshqa savollarni batafsilroq yoritish maqsadida GM Uzbekistan tomonidan OAV vakillari uchun avtomobilsozlik tarmog‘i korxonalariga matbuot safari uyushtirilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu tashrif davomida jurnalistlar nafaqat ishlab chiqarish jarayonlari, balki savdo tizimida amalga oshirilgan yangi tashabbuslar bilan bevosita tanishtiriladi va o‘rtaga tashlanadigan savollarga to‘liq va batafsil ma’lumot beriladi. Ushbu tashabbus joriy yilning 5-iyulida Asaka avtomobil zavodida uyushtiriladi va natijalari keng ommaga yetkaziladi.

    29.06.2017, 16:32   Izoh (0)   109366
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent avtobuslarida yo‘lovchilar oqimi o‘rganiladi

    27.06.2017, 21:26

    “O‘zneftmahsulot”: Viloyatlardagi benzin taqchilligi — sun’iy

    27.06.2017, 20:56

    Janubiy Koreya avtomobillari ketma-ket ikkinchi yil AQShdagi eng ishonchli avtomobil deb topildi

    27.06.2017, 16:21

    Qozog‘istonda UzAvtotrailer tirkamalari ishlab chiqarilmoqda

    27.06.2017, 15:21

    Kanadada 1,2 million kilometr yo‘l bosgan Porsche 911 sportkari topildi (foto)

    27.06.2017, 15:12

    Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan avtomobillarni Tojikistonga yetkazib berish boshlandi

    27.06.2017, 09:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!

     

    Tavsiya etamiz

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoylik er-xotin ajrashayotganda 29 ta tovuqni bo‘lisha olmadi

    Dunyo | 10 avgust, 23:59

    ChatGPT maslahati sababli erkak jinnixonaga tushib qoldi

    Dunyo | 10 avgust, 23:35

    Putin Xerson va Zaporojye viloyatlaridan rus qo‘shinlarini olib chiqmaydi

    Dunyo | 10 avgust, 23:15

    Ilhom Aliyev Rossiyani Ozarbayjon obyektlariga “maqsadli zarba berish”da aybladi

    Dunyo | 10 avgust, 22:55

    Superliga. “So‘g‘diyona” “Mash’al”dan ustun keldi

    Sport | 10 avgust, 22:35

    Turkiyada 6,1 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi (video)

    Dunyo | 10 avgust, 22:34

    NYT: Britaniya yarim yil maxfiy Falastin rejasi ustida ishladi

    Dunyo | 10 avgust, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.