O‘zbekiston hukumati 2017-yilning 1-iyulidan boshlab mobil aloqa (uyali aloqa kompaniyalari) xizmatini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar tomonidan abonentlik raqamini ishlatish uchun to‘lov miqdorni oshiradi, deb xabar berdi UzDaily.
1-iyuldan boshlab mobil operatorlar har bir abonent uchun 2,75 ming so‘mdan pul to‘laydi, bu yil boshiga nisbatan 750 so‘mga ortiq demakdir.
To‘lov har bir abonentlik raqami uchun olinadi. Ularning soni esa oyning so‘nggi kunidagi holat bo‘yicha aniqlanadi.
Izoh (0)