• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qabul-2017: qaror bor, ammo institut ma’muriyati bundan xabardormi?

    Bloger Xushnudbek Xudayberdiyev Qirg‘iziston fuqarosining O‘zbekistondagi Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga o‘qishga topshirmoqchi bo‘lgan vaqtda muaommolarga duch kelayotganiga e’tibor qaratdi.

    Bugun qiziq bir voqea ro‘y berdi. Erta tongda elektron pochtamni tekshirsam, Qirg‘izistonlik bir fuqaro nomidan xat kelibdi. Mazkur xatdagi Sharqshunoslik instituti bilan bog‘liq masala meni ushbu maqolani yozishga undadi.

    Keling bir boshidan boshlasam:

    2017 yil 2 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingani va bu qaror bo‘yicha qanday o‘zgarishlar bo‘lgani haqida avvalroq xabar bergandim. Ushbu qaror asosida Toshkent davlat yuridik universitetiga xorijiy fuqarolarni qabul qilishda boshqa OTMlardan farqli o‘laroq, test sinovlaridan voz kechilib, shunchaki suhbat o‘tkaziladigan bo‘ldi. Endi qarorning bir jihatiga e’tibor qarataylik. Ushbu Vazirlar Mahkamasi qarorining 2-ilovasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Ana shunday qo‘shimchalar Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 4 avgustdagi 169-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibi to‘g‘risida”gi nizomiga ham kiritildi.

    Xususan, Nizomning 12-bandi 1-xatboshisiga quyidagi mazmundagi jumla qo‘shildi:

    Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlaridan kelgan xorijiy fuqarolar oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadigan tartibda o‘tkaziladigan suhbat natijasida qabul qilinadi.
    Iltimos, yuqoridagi jumlani yana bir qayta o‘qib chiqsangiz. Yuridik universitet degan joyi yo‘q, to‘g‘rimi? Demak, bu nimani anglatadi? Bu shuni anglatadiki, bundan buyon, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlaridan kelgan xorijiy fuqarolar nafaqat TDYuU, balki respublikamizdagi barcha OTMlar bakalavriatiga suhbat natijasida qabul qilinadigan bo‘ldi. MDHdan boshqa mamlakat fuqarolari uchun esa OTMlarda test sinovi saqlanib qolgan.

    Yanada aniqroq aytsak, o‘zgarishdan keyin Nizomning 12-bandi quyidagicha ko‘rinishga keldi:

    Xorijiy fuqarolar oliy o‘quv yurtlariga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra qabul qilinadi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlaridan kelgan xorijiy fuqarolar oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadigan tartibda o‘tkaziladigan suhbat natijasida qabul qilinadi. Xorijiy fuqarolarning test sinovi (suhbat) topshirishi uchun ruxsatnoma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan beriladi.Test sinovlari (suhbat) natijalari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining xorijiy fuqarolarni oliy o‘quv yurtiga o‘qishga qabul qilish yuzasidan qaror qabul qilishi uchun asos hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarori asosida oliy o‘quv yurtlari o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida tegishli buyruq chiqaradilar.

    Nima uchun ayrim OTM rahbariyati bunday qarordan bexabar?

    Ana, endi asosiy masalaga keldik. Saytimda chop etilgan maqolani o‘qigach, Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi Zokirjon (ismi o‘zgartirildi)da O‘zbekistonda o‘qish istagi paydo bo‘ladi hamda Toshkentga keladi. Arab tili ixtisosligi bo‘yicha o‘qish istagida bo‘lgan Zokirjon to‘g‘ri Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga boradi. 3 000 AQSh dollariga yaqin shartnoma pulini to‘lab o‘qishga rozi bo‘lib kelgan xorijlik fuqaroni institut rahbariyati juda unaqa quchoq ochib kutib olmaydi. MDH mamlakatlari fuqarolari test sinovlarisiz, faqat suhbat asosida qabul qilinishi haqidagi yangilikni-ku, qabul komissiyasidagilar umuman eshitmagan bo‘lib chiqishadi. Demak, bu degani Vazirlar Mahkamasining ta’limga oid qarorini yoki o‘qib ko‘rishmagan, yoki tushunishmagan, yoki boshqa biror sabab bor.

    Foto: Qirg‘iziston fuqarosining xatidan skrinshot /“Xushnudbek.uz”

    Foto: Qirg‘iziston fuqarosining xatidan skrinshot /“Xushnudbek.uz”

    Zokirjon bilan telefon orqali bog‘landim. Hozircha O‘zbekistonda ekan. Uning aytishicha, agar shu masala hal bo‘lsa, yana 10 nafarga yaqin qirg‘izistonliklar Sharqshunoslik institutida o‘qish istagini bildirishmoqda ekan. “Sen urinib ko‘r, agar haqiqatdan suhbat asosida kira olsang, biz ham tezda yetib boramiz” deyishmoqda ekan Zokirjonga.

    Tasavvur qiling-a, yiliga 30 ming AQSh dollari atrofida shartnoma to‘lashga rozi bo‘lib turgan talabalar turganda, nima uchun buni biz paysalga solishimiz kerak? Vazirlar Mahkamasining qarori ham o‘z-o‘zidan chiqmagandir? Ta’lim tizimi rahbarlari ham uzoq o‘ylab, har tomonlama hisob-kitob qilib, keyin shu yangilikni kiritishgandir axir?

    Vazirlar Mahkamasi OTMlarga o‘zining moddiy-texnik bazasini yaxshilash uchun keng imkoniyat berib, MDHdan kelgan xorijlik fuqarolarni o‘zlari belgilagan tartibda suhbat qilib olish mumkin degan yangilik kiritsa-yu, lekin bo‘layotgan o‘zgarishlardan quyi bo‘g‘indagilarning o‘zlari bexabar bo‘lsa.

    Umid qilamanki, ushbu maqolamda keltirilgan fikrlarni to‘g‘ri tushungan holda, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi vaziyatga tez fursatda oydinlik kiritadi.

    Yangilikni hayotga joriy qilish uchun 1-2 yil tayyorlanish yoki yuqoridan alohida topshiriq bo‘lishini kutib o‘tirish shartmasdir. Axir O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov imzo chekkan qarorning o‘zi kifoya qilmaydimi?

    30.06.2017, 11:37   Izoh (0)   23668
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yangilangan Janubiy vokzal qanday bo‘ladi?

    30.06.2017, 11:10

    Bitta Lacettini “ekib”, oltitasiga ega bo‘lgan tadbirkor hikoyasi

    30.06.2017, 10:33

    JICA Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda yangi loyihaga qo‘l urdi

    30.06.2017, 08:15

    Qorasuvga borgan Shavkat Mirziyoyev, GM Uzbekistan’ning izohi, chet elda muvaffaqiyatga erishgan o‘zbekistonlik qizlar va kunning boshqa muhim xabarlari

    29.06.2017, 21:38

    O‘rganishlar O‘zbekiston oliy tibbiy ta’lim sohasida takrorlanuvchi mavzular va mutaxassislikka oid bo‘lmagan fanlar ko‘pligini ko‘rsatdi

    29.06.2017, 21:01

    Shavkat Mirziyoyev: Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish kerak

    29.06.2017, 20:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Olimlar kuyish va yaralarni davolash uchun “suyuq” teri yaratdi

    Dunyo | 13 avgust, 00:10

    “Shtat ulkan rus merosini saqlab qolmoqda” — Alyaskaning sobiq vitse-gubernatori

    Dunyo | 12 avgust, 23:50

    Janubiy Koreya sudi sobiq prezidentning rafiqasini qamoqqa olish uchun order berdi

    Dunyo | 12 avgust, 23:40

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish bo‘yicha testlar qachon o‘tkazilishi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 23:30

    Isroil G‘azoni bombardimon qilishni kuchaytirdi. Bir sutkada 89 kishi halok bo‘lgan

    Dunyo | 12 avgust, 23:15

    Ispaniya va Portugaliyada o‘rmon yong‘inlari avjiga chiqmoqda

    Dunyo | 12 avgust, 23:00

    Zelenskiy 22 yoshgacha bo‘lgan ukrainaliklar uchun chegaradan o‘tishni soddalashtirishni topshirdi

    Dunyo | 12 avgust, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.