Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “SIFAT” O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi direktori Hakim Umarxo‘jayev va Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi Doniyor Sidiqov paxtachilik sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va kelgusidagi istiqbollarini muhokama qildi. Bu haqda “Kabar” ma’lum qildi.
“SIFAT” markazi hamda Qirg‘iziston navlarni sinash va o‘simliklar genetik zaxiralari davlat markazi o‘rtasida tajriba almashish masalalari muzokaralar markazida bo‘ldi.
O‘zbek tomoni Qirg‘iziston uchun xalqaro standartlar asosida paxta mahsuloti kadr-klassifikatorlarini tayyorlash kurslarini tashkillash va o‘tkazishga hozirligini bildirdi.
Izoh (0)