NATO “Tolibon” harakatining faollashuvi munosabati bilan Afg‘onistondagi kontingentini kengaytirishni rejalashtirmoqda, ammo u harbiy harakatlarda ishtirok etmaydi. Bu haqda alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg matbuot anjumani chog‘ida bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Vazirlar Afg‘onistondagi kuchlarni kengaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqadi, ammo biz harbiy operatsiyalarga qaytishni muhokama qilmaymiz”, — dedi u.
“Afg‘onistondagi operatsiya qo‘mondonligi 4 ming nafar qo‘shimcha harbiy xizmatchi so‘radi. Vazirlar qo‘shimcha kuchlar ajratish imkoniyatini ko‘rib chiqadi va alyansning har bir davlati imkoni boricha kuch ajratadi”, — qo‘shimcha qildi Stoltenberg.
Izoh (0)