Navoiy viloyati Karmana tumanida Janubiy Koreyaning Inha universiteti gospitali shifokorlari aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
– Xorijlik tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikdagi ishlarimiz yanada samarali bo‘lmoqda, – deydi “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi viloyat filiali direktori M.Yo‘ldosheva. – Tibbiy ko‘rik bilan birga, samarali targ‘ibot ishlari olib borilayotgani aholining tibbiy madaniyati yuksalishiga, turli xastaliklarning kamayishiga xizmat qilayotir.
Tibbiy ko‘rikda 770 dan ortiq aholi salomatligi tekshiruvdan o‘tkazilib, bemorlarga aniqlangan kasalliklarni keltirib chiqaruvchi omillarga qarshi kurashish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Izoh (0)