Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov va shaharning mutasaddi rahbarlari bugun, 28-iyun kuni soat 20:00 da “Toshkent” telekanalida teletomoshabinlar oldida hisobot beradi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Bugungi onlayn-muloqotda poytaxtda xalq farovonligi yo‘lida qanday ishlar amalga oshirilayotgani, hokimlik oldiga yana qanday vazifalar turgani, poytaxt aholisini qanday muammolar qiynayotgani, ular qachon va qanday hal qilinishi, yaqin kelajakda Toshkent qanday qiyofa kasb etishi kabi savollarga javob beriladi.
Teletomoshabinlar o‘z savollarini Telegram orqali ovozli yoki videomurojaat tarzida yoki +99897 7041788 raqamiga telefon qilish orqali yuborishi mumkin.
Shuningdek, teletomashabinlar 214-16-97, 214-16-98, 214-16-99 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, Toshkent shahar hokimligi rahbariga jonli efirda savol berishi mumkin.
Izoh (0)