Slovakiyalik aka-uka qahvasevar Adam va Devid Nadlar yangi Clr Cff qahvasini yaratdi. U suv kabi shaffof. Uning tarkibida faqatgina suv va arabika qahvasi mavjud, hech qanday konservantlar, aromatizator va stabilizatorlar qo‘shilmagan. Ichimlik oddiy qahva tishning ranggiga ta’sir qilishidan qo‘rquvchlar uchun ishlab chiqarilgan, deb xabar berdi Forum Daily.
200 millilitrli idishda 100 milligramm kofein mavjud, oddiy qahva ichimligining tarkibida ham shuncha kofein bor. Ikkita idishining qiymati 6,33 dollarni tashkil etadi.
Ichimlik oddiy sovuq qahvaga o‘xshamaydi. “Toza qahva”ning ta’mi — qahva ichilib, uning yuvilmagan idishida suv ichgandek. Suyuqlikning rangi sarg‘ish bo‘lib unga sut va qaymoq qo‘shilganida biroz to‘yingan ko‘rinish oladi.
Reviewed.com nashrining yozishicha, ushbu ichimlik qahva ixlosmandlariga yoqishi dargumon, biroq qahva ta’mini yomon ko‘ruvchi ammo uni baribir iste’mol qiluvchilarga ma’qul keladi.
Izoh (0)