O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokistonning Panjob viloyatida yuz bergan mudhish hodisa munosabati bilan Pokiston Islom Respublikasi prezidenti Mamnun Husaynga maktub yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Pokistonning Panjob viloyatida yuz bergan fojia oqibatida ko‘plab insonlarning hayotdan ko‘z yumgani va jarohat olgani to‘g‘risidagi xabar bizni qattiq qayg‘uga soldi.Pokistonning Panjob viloyatida 24-iyunda yoqilg‘i sisternasi ag‘darilib ketganidan so‘ng yuz bergan yong‘in oqibatida 140 dan ortiq odam halok bo‘lgan va 100 ga yaqin kishi jarohatlangan.Ushbu og‘ir damlarda Siz Janobi Oliylari va birodar Pokiston xalqiga ta’ziya izhor etib, nobud bo‘lganlarning hamda jarohat olganlarning oila a’zolari va yaqinlariga do‘stona hamdardlik tuyg‘ularimizni yetkazishingizni so‘raymiz”.
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Bir kun avval Shavkat Mirziyoyev Pokiston prezidentiga mamlakatning Parachinar, Ketta va Karachi shaharlarida yuz bergan terroristik hujumlar munosabati bilan hamdardlik bildirgan edi. Hujumlar oqibatida 80 dan ortiq kishi qurbon bo‘lgan.
Izoh (0)