Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev mamlakat “Qambar-Ota-1” gidroelektrstansiyasini qurish uchun investor izlamoqda. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Atambayevning ta’kidlashicha, mazkur GES — “butun Markaziy Osiyo suv resurslari uchun kalitchadir”.
“Bu yerda men qurilishni daryolarning quyi oqimida joylashgan mamlakatlar — Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan birgalikda amalga oshirishni istardim”, — dedi Atambayev.
Qirg‘iziston prezidentining qo‘shimcha qilishicha, ham Qozog‘iston, ham O‘zbekiston davlat rahbarlari ushbu loyiha bo‘yicha dastlabki rozilikni bildirgan.
Izoh (0)