Argentinalik hakam Leandro Rey Xilfer futbol bo‘yicha mamlakat chempionati quyi divizionining “Tristan Suares” va “Akasusso” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda golli uzatma muallifiga aylandi. Mazkur holat videosi mehmon klubning Twitter’dagi sahifasida joylashtirildi.
O‘yinning 7-daqiqasida to‘p hakamga tegib, undan “Akasusso” hujumchisi Damianu Salvaterrega borib yetdi. U esa darvozabon bilan birga-bir chiqdi.
O‘yin “Tristan Suares”ning 1:4 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi.
Izoh (0)