Islandiyaning Icelandair styuardessalari London — Nyu-York reysi yo‘lovchilari uchun uch qismdan iborat spektakl ijro etadi. Uning asosiy qismi 12 ming metr balandlikda bo‘lib o‘tadi, deya xabar beradi Daily Mail.
Aviakompaniya shu tariqa o‘zining 80 yilligini nishonlashga qaror qildi.
Kompaniya tarixi haqida hikoya qiluvchi birinchi qism styuardessalar tomonidan Londondan Keflavikka (Islandiya) uchish davomida namoyish qilinadi. Ikkinchi qism aeroportda, yakuniy qism esa Islandiyadan AQShga parvozning oxirida ijro etiladi.
Spektakl sentabr oyi boshida taqdim qilinishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)