Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi o‘rta maxsus ta’lim maskanlarining 21 o‘quvchisi test sinovlarisiz talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ldi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston xabar agentligiga asoslanib, “KRuz.uz” xabar berdi.
Ular respublika fan olimpiadasi, sport bo‘yicha Osiyo va O‘zbekiston chempionati g‘oliblari, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti egalari bo‘lib, endilikda ular o‘zlari istagan mutaxassislikka ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtida o‘qishi mumkin.
Ushbu yilda muddatidan avval talaba bo‘lgan 21 o‘quvchining 19 nafari qiz bola, 2 nafari esa o‘g‘il bola.
Qoraqalpog‘iston xabar agentligining rasmiy sayti orqali talaba bo‘lganlar ro‘yxati bilan tanishish mumkin.
Izoh (0)