Toshkentning “Qozog‘iston” kinoteatri oldidagi piyodalar o‘tish yo‘lagiga o‘rnatilgan metall to‘siqni sindirishdi, deb xabar beradi Uz24.
20-iyun, seshanba kuni ertalab ushbu yo‘lak metall to‘siqlar bilan yopib qo‘yilgandi, biroq piyodalar to‘siqlar osha yo‘lni kesib o‘tishda davom etgan. Kechga borib to‘siq singan.
“Qozog‘iston” kinoteatri va Yunusobod tumani hokimiyati oralig‘ida joylashgan o‘tish yo‘lagi bir necha marta piyodalar ishtirokidagi YTHlarga sabab bo‘lgan. Ko‘pchilik aholi va haydovchilar ushbu yo‘lakni puxta o‘ylanmagan va xavfli deb kelgan, chunki bu yerda svetofor yo‘q, faqatgina ogohlantiruvchi belgilar hamda haydovchilar yo‘lovchilarni o‘tkazib yuborishar edi.
Ushbu yopiq yo‘lak yonida, ya’ni “Minor” metrosi yaqinidagi chorrahada 3 daqiqada yetib borsa bo‘ladigan boshqa piyodalar yo‘lagi mavjud.
Izoh (0)