Foydalanuvchilardan biri “Muslimaat.uz” saytiga “4 oylik homilasi bor ayol ro‘zani qodir bo‘lganicha tutsa bo‘ladimi? Homilaga ziyon etmaydimi?” degan savol bilan murojaat etdi.
Sayt mutasaddilari ushbu savolga quyidagicha javob berdi:
“Ro‘za tutib ko‘rish kerak. Buni bilib, qilib ko‘rmay tutmasin, deb bo‘lmaydi. Haqiqatda mashaqqat bo‘ladigan bo‘lsa, shunda tutmaslikka ruxsat bo‘ladi. Shifokor bilan maslahat qiling”.
Izoh (0)