Mirshod Qurbonov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.
Hukumat portalida keltirilgan axborotga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti bu haqdagi farmonni 20-iyun kuni imzolagan.
Mirshod Qurbonov bungacha qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Qo‘mitaga 2016-yil 5-yanvaridan beri Mahamatnosir Qodirov rahbarlik qilayotgan edi.
Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi 2004-yilda tashkil etilgan bo‘lib, davlat strategik va safarbarlik zaxiralarini shakllantirish, saqlash va zaxiralarga xizmat ko‘rsatishni boshqarish va nazorat qilishni ta’minlash sohasidagi vazifalarni hal etish uchun maxsus vakil qilingan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Izoh (0)