Kuba tashqi ishlar vaziri Bruno Rodriges hukumat AQSh bilan muloqotni qo‘llab-quvvatlash niyatida ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda RT’ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kuba hukumati AQSh bilan ikki tomonlama munosabatlarga taalluqli muzokaralar va hamkorlikni o‘tkazish bo‘yicha muloqotni qo‘llab-quvvatlashga tayyor, faqat bularning barchasi tenglik va suverenitet hurmati asososida o‘tsagina.
Shuningdek, u AQSh prezidenti Donald Trampning Kuba bilan munosabatlarni normallashtirishning bir tomonlama kelishuvini bekor qilish to‘g‘risidagi qaroriga izoh berdi.
“Men AQSh prezidenti Donald Tramp so‘zlagan qarorda hech qandayin pragmatizmni ko‘rmayapman. Men bunda “sovuq urush” davrida ishlatilgan yondoshuvni ko‘rmoqdaman”, — dedi Rodriges.
Izoh (0)