Londonning Finsberi-parkidagi masjid yaqinida amalga oshirilgan terakt ijrochisi 47 yoshli Darren Osborn hisoblanadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Sky News telekanaliga ko‘ra, Osborn avvaliga qotillikka qasdda gumon qilinib hibsga olindi. Keyinroq unga aksilterror qonunchilikni buzish aybi qo‘yildi: Osborn terrorchilik aktiga tayyorgarlik, bunga undash va amalga oshirish, jumladan, qotillik va qotillikka qasdda ayblanmoqda.
Skotlend-Yard Finsberi-parkdagi hodisa munosabati bilan politsiya Uels poytaxti Kardiffdagi turar-joylardan birida tintuv o‘tkazilayotganini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, 19-iyun, dushanba kuni tungi payt oq furgon Finsberi-parkdagi masjiddan qaytayotgan musulmonlar ustiga bostirib bordi. Mashina haydovchisi olomon tomonidan qo‘lga olindi va politsiyaga topshirildi.
Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 10 kishi yaralandi. Ulardan ikkisiga voqea joyida yordam ko‘rsatildi, 8 kishi kasalxonaga yotqizildi.
Izoh (0)