Qozog‘iston TIV Ostonadagi Suriya bo‘yicha beshinchi uchrashuvda ishtirok etish uchun taklifnomalar jo‘natdi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muxtor Tilovberdi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
“Kafil davlatlar TIV vakillari kutilmoqda. Suriya hukumati va qurolli muxolifatga taklifnomalar jo‘natilgan. Javoblarni kutyapmiz”, — dedi u.Vazir o‘rinbosariga ko‘ra, kuzatuvchilar — Iordaniya, AQSh va BMTga ham taklifnomalar yuborilgan.
Izoh (0)