19 yoshli Suriyalik qiz Muzun Almillixon BMT Bolalar fondining eng yosh tinchlik elchisi va mazkur lavozimga tayinlangan qochoq maqomidagi dunyodagi birinchi odam bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Muzunning jasurligi va matonati barchamizga ko‘tarinkilik baxsh etadi. Biz u endi YuNISEF elchisi bo‘lishidan juda faxrlanamiz”, — ta’kidladi fond ijrochi direktori o‘rinbosari Jastin Forsit.
Almillixon 2013-yilda oilasi bilan Suriyadan Iordaniyaga qochgan va bir necha yil Zaatari qochoqlar lagerida istiqomat qilgandi. Shu yerda qizlarning ta’lim olishga bo‘lgan huquqini himoya etuvchi chiqishlar qila boshladi.
YuNISEF Iordaniyadagi Suriyalik faol qizni qo‘llab-quvatladi. Keyinchalik u Buyuk Britaniyaga ko‘chib o‘tdi va faoliyatini davom ettirdi.
Izoh (0)