Hindistondagi hukmron partiya — “Bxaratiya janata parti” 19-iyun, dushanba kuni bo‘lg‘usi prezidentlik saylovlari uchun o‘z nomzodi sifatida Ram Natx Kovindni ilgari surdi, deb yozadi “TASS”. U Bixar shtati gubernatori bo‘lib, dalit, ya’ni eng quyi kastalar (tegilmaydiganlar) a’zosi hisoblanadi.
“Ram Natx Kovind ko‘p yillar davomida jabr-zulm qilingan dalitlar manfaatlarini himoya qilib keldi”, — dedi partiya raisi Amit Shoh.
Hindistonda prezident saylovi 17-iyul kuni bo‘lib o‘tadi, hozirgi davlat rahbari Pranab Mukerjining vakolati muddati 24-iyulda tugaydi.
Ekspertlar fikriga ko‘ra, dalitni nomzod sifatida ilgari surish orqali hukmron partiya eng quyi kastalar va aholining kambag‘al qatlamlari tomonidan keng ko‘lamda qo‘llab-quvvatlanishga erishishi mumkin.
Izoh (0)