Qirg‘iziston sobiq bosh vaziri, “Oq shunqor” partiyasi yetakchisi Temir Sariyev mamlakat prezidentligiga nomzod sifatida ilgari surildi. Bu haqda partiya siyosiy kengashi mutasaddilari ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Sariyevning nomzodi syezd davomida barcha mintaqalardan kelgan delegatlar tomonidan deyarli bir ovozdan ilgari surildi. Boshqa nomzodlar ko‘rib ham chiqilmadi. Yaqin orada Sariyevni rasman davlat rahbarligiga nomzod sifatida rasman ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ko‘zda tutilgan barcha hujjatlar Markaziy saylov komissiyasiga topshiriladi”, — dedi kengash vakillari.
Temir Sariyev 2015—2016-yillarda Qirg‘iziston bosh vaziri lavozimida ishlagan va mamlakatning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lib kirishida jonbozlik ko‘rsatgandi.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston prezidenti saylovi shu yil 15-oktabrga belgilangan.
Izoh (0)