Bortida yadro qurolini tashishga qodir bo‘lgan Amerikaning ikkita B-1B bombardimonchi samolyoti 20-iyun, seshanba kuni Janubiy Koreyadagi harbiy-havo o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashadi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Harbiy mashqlarda Janubiy Koreya HHKning F-15K qiruvchilari ham ishtirok etadi.
“Ryonxap” agentligi manbasi so‘zlariga ko‘ra, “strategik bombardimonchilarning Janubiy Koreyaga joylashtirilishi AQShning Shimoliy Koreya tomonidan harbiy tahdidni tiyishga qaratilgan qat’iyatini ko‘rsatadi”.
KXDRda kuchli xavotirga sabab bo‘layotgan AQSh bombardimonchilari osmonda Janubiy Koreya samolyotlari bilan birgalikda bir necha soat davomida bo‘ladi. Bundan tashqari, ular Kanvondo provinsiyasidagi Pxilson poligonida bombardimonlarni mashq qiladi.
Izoh (0)