• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bir makon — bir yo‘l”: O‘zbekiston nimalarni qo‘lga kiritadi?

    Ma’lum bir davlat kuchayib borishi bilan jahon maydonida o‘ziga bo‘lgan ishonchi ham ortib boradi. Nisbatan yaqin davrda milliard kishilik aholisini eng zarur narsalar bilan ta’minlash ustuvor vazifasi bo‘lgan Xitoy ham bugungi kunga kelib “Bitta kamar — bitta yo‘l” kabi global ko‘lamdagi loyihalarni ilgari surmoqda. Xitoy dunyo kelajagini qanday ko‘rishi va O‘zbekistonning undagi o‘rni haqida Anvar Arabov “Kommersant.uz”da mushohada yuritadi.

    Foto: “Kommersant.uz”

    Foto: “Kommersant.uz”

    Bir qo‘shilgan bir — ikkidan ortiqmi?

    “Ipak yo‘li iqtisodiy kamari”ni shakllantirish g‘oyasi haqida ilk bor XXR raisi Si Szinpin 2013-yilning sentabrida Qozog‘istonga tashrifi davomida ma’lum qildi. O‘shanda Xitoy rahbari uchta trans Yevro-Osiyo iqtisodiy yo‘lagi:

    • Xitoydan Markaziy Osiyo, Rossiya orqali Yevropaga (Boltiq dengizga qadar);
    • Xitoydan Markaziy Osiyo va G‘arbiy Osiyo orqali Fors ko‘rfazi va O‘rtayer dengizga qadar;
    • Xitoydan Janubi-Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo va Hind okeaniga qadar iqtisodiy yo‘lak barpo etishni taklif qildi.
    O‘sha yilning oktabrida Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga tashrifi davomida Xitoy raisi “XXI asr Dengiz Ipak yo‘li”ni hamkorlikda qurish g‘oyasini ilgari surdi. U o‘z navbatida:
    • Xitoyning dengiz portlaridan Janubiy Xitoy dengizi orqali Hind okeani va Yevropaga qadar;
    • Xitoy portlaridan Janubiy Xitoy dengizi orqali Tinch okeani janubiy akvatoriyasigacha bo‘lgan ikki yo‘nalishni o‘z ichiga olishi lozim.
    2015-yilda har ikkala tashabbus “Bir makon — bir yo‘l” nomi ostidagi umumiy strategik konsepsiyaga birlashtirildi va u mamlakatning tashqi iqtisodiy va tashqi siyosiy yo‘lining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

    2017-yilning mayida Pekinda bo‘lib o‘tgan Xalqaro forumda 68 ta mamlakat va xalqaro tashkilot tashabbus doirasida Xitoy bilan hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarni imzoladi.

    Moliyaviy asos

    “Bir makon — bir yo‘l” 60 dan ortiq mamlakatda 900 ga yaqin turli infratuzilma loyihalarini (avtomobil va temiryo‘llar, portlar, elektr stansiyalari, ko‘priklar va hokazo) o‘z ichiga oladi. Uni hayotga tatbiq etish uchun zarur investitsiyalarni ekspertlar 2 trilliondan 3,5 trillion dollargacha baholamoqda.

    Loyihani moliyalashtirish maqsadida 2014-yilda Xitoyda ikki yangi institut: 100 milliard dollar kapitalga ega bo‘lgan Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki va ustav kapitali 40 milliard dollarni tashkil etgan Ipak yo‘li jamg‘armasi tashkil etildi. Xitoy sanoat mahsulotlarini Ipak yo‘li orqali eksport qilish bilan shug‘ullanuvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 30 milliard dollarlik ustav kapitaliga ega bo‘lgan alohida jamg‘arma tashkil etish Pekin rejalaridan joy olgan.

    Iqtisodiy kamar va dengiz yo‘lini ro‘yobga chiqarishning asosiy moliyaviy mexanizmi infratuzilma loyihalarini amalga oshirish uchun Xitoy moliya institutlari tomonidan kreditlar taqdim etishdan iboratdir. Asosiy shart — Made in China qurilmalari, mahsuloatlari, xizmatlari va ishchi kuchidan foydalanish.

    Pekindagi may oyidagi forumda Si Szinpin oxirgi uch yil ichida “Bir makon — bir yo‘l”ga qo‘shilgan mamlakatlardagi Xitoy investitsiyasi 50 milliard dollarga yaqin mablag‘ni tashkil etganligini ma’lum qildi. Yaqin yillarda ushbu ko‘rsatkichni 150 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda.

    Hozirgi paytga kelib, XXR “Bir makon — bir yo‘l” doirasida Vengriya, Mo‘g‘uliston, Rossiya, Tojikiston va Turkiya bilan hamkorlik to‘g‘risidagi ikkitomonlama bitimlarni imzolagan. Sharqiy Xitoyni Eron va Yevropa mamlakatlariga qadar bog‘lovchi temiryo‘l tarmoqlarining kengaytirilishi haqida e’lon qilindi. XXRdan Laos va Tailandga, Efiopiya—Jibuti, Vengriya—Serbiya yo‘nalishidagi temiryo‘l, Indoneziyaga tezyurar magistrallar qurilishi, XXR—Pokiston, Xitoy—Mo‘g‘uliston—Rossiya, Bangladesh—Xitoy—Hindiston—Myanma iqtisodiy yo‘laklarini shakllantirish, Gvadar (Pokiston) va Pirey (Gretsiya) portlarini modernizatsiya qilish to‘g‘risidagi kelishuvlarga erishilgan.

    SWOT-tahlilga urinish

    SWOT-tahlil strategik rejalashtirishning eng samarali vositalaridan biri hisoblanadi. U tahskilot yoki obyektning ichki va tashqi muhiti omillarini aniqlash va ularni to‘rtta:

    • - Strengths (kuchli tomonlari);
    • - Weaknesses (zaif tomonlari);
    • - Opportunities (imkoniyatlari);
    • - Threats (tahdidlari) kategoriyaga ajratishni ko‘zda tutadi.
    Yuqoridagi omillar bo‘yicha ma’lumotlarni “Bir makon — bir yo‘l” tashabbusi bo‘yicha umumlashtirishga urinib ko‘ramiz.

    Kuchli tomonlari:

    • - mamlakatda makroiqtisodiy va siyosiy barqarorlik;
    • - keng ko‘lamli tashabbuslarni qisqa muddatlarda amalga oshirish imkonini beruvchi markazlashtirilgan siyosat;
    • - yirik loyihalarga investitsiya kiritish uchun qo‘llanishi mumkin bo‘lgan ulkan oltin-valyuta zahiralarining (uch trillion dollardan ortiq) mavjudligi;
    • - chet elda yirik infratuzilma obyektlarini qurishga jalb etilishi mumkin bo‘lgan nisbatan arzon ishchi kuchi.
    Zaif tomonlari:
    • - ko‘plab loyihalar bo‘yicha aniq ma’lumotlarning (muddatlari, zarur investitsiyalar va boshqalar) yo‘qligi;
    • - mamlakatdagi iqtisodiy differensiatsiya. Xitoy daromadlar notengligi bo‘yicha yetakchilar safidan joy olgan. Mamlakat boyligining uchdan bir qismi eng boy bir foiz xitoyliklar qo‘lida to‘plangan;
    • - Xitoyda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning nisbatan past sifatga ega ekanligi;
    • - barpo etilayotgan transport yo‘laklarining daromadi pastligi.
    Imkoniyatlari:
    • - dunyoning turli mamlakatlariga mahsulotlarni yetkazish bo‘yicha muqobil energetika va savdo yo‘nalishlarini barpo etish;
    • - oltin-valyuta jamg‘armalarga investitsiya kiritish imkoniyatining yuzaga kelishi;
    • - mahsulotlarni haddan ortiq ishlab chiqarishdan aziyat chekayotgan Xitoy sanoati uchun yangi bozorlar shakllantirish;
    • - tashqi bozorlarga qo‘shilgan qiymat bilan mahsulotlar eksportini oshirish;
    • - megaloyihalarni amalga oshirish va ijtimoiy-madaniy almashuvni rivojlantirish orqali Xitoyning dunyodagi ijobiy timsolini yaratish.
    Xavfli jihatlari:
    • - dunyodagi nomuvofiq iqtisodiy vaziyat;
    • - “Bir makon — bir yo‘l” yo‘nalishlari o‘tuvchi ma’lum bir zonalarda (Afg‘oniston, Iroq, Eron) saqlanib kelayotgan beqarorlik;
    • - ishtirokchi mamlakatlar temiryo‘l, ekologiya va boshqa sohalardagi me’yorlarning turli-tuman ekanligi, bu transport yo‘laklari barpo etish jarayonini qiyinlashtirishi mumkin;
    • - infratuzilma obyektlari qurilishida texnogen avariyalar xavfi;
    • - tranzit davlatlar tomonidan tranzit mahsulotlarga nisbatan siyosat va tariflarni o‘zgartirish ehtimoli;
    • - loyihalarni amalga oshirish muddatining cho‘zilishi va ular qiymatining oshishi;
    • - boshqa markaziy kuchlar tomonidan aniq qo‘llab-quvvatlashning mavjud emasligi. BMT Xavfsizlik kengashining beshta doimiy a’zosidan faqat Rossiya tashabbusni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. Hindiston uni amalga oshirishdan bosh tortdi;
    • - orasida qashshoq va siyosiy beqaror davlatlar bo‘lgan tranzit mamlakatlarga qaramlikka tushib qolish ehtimoli.
    Biz nimaga ega bo‘lamiz?

    Xitoyning loyihani amalga oshirishdagi ochiq-oydin manfaatlarini inkor etib bo‘lmaydi, biroq birovlar foydasiga o‘z manfaatlaridan voz kechish siyosatda hech qachon hurmat keltirmagan. Shuning uchun loyihada ishtirok etayotgan davlatlar unda o‘zi uchun iqtisodiy va siyosiy foyda keltiruvchi jihatlarini topishi lozim.

    Markaziy Osiyo yuragida joylashgan O‘zbekiston Xitoy iqtisodiy kooperatsiyasi amalga oshirilishidan maksimum foyda olishi uchun jiddiy imkoniyatlarga ega. Respublikada dengizga chiqish imkonining yo‘qligini hisobga olsak, “Ipak yo‘li iqtisodiy kamari” u uchun katta qiziqish uyg‘otadi.

    Joriy yilning may oyida Pekinda bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi forumda O‘zbekiston Xitoy g‘oyasini amaliy ro‘yobga chiqarishga qaratilgan bir qator aniq takliflarni ilgari surdi. Shu jumladan, prezident Shavkat Mirziyoyev “Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston” temiryo‘li qurilishini tezroq boshlash ahamiyatiga urg‘u berdi.

    Bundan tashqari, iyun oyida Ostonada bo‘lib o‘tgan ShHT sammitida o‘zbek tomoni tashkilotga a’zo davlatlar, kuzatuvchilar va hamkor davlatlar temiryo‘l ma’muriyatlari rahbarlarining muntazam uchrashuvlarini yo‘lga qo‘yish tashabbusi bilan chiqdi. Yangi maydonchaning asosiy vazifalari shaffof transport tariflarini shakllantirish, yuk va yo‘lovchilar tashishning yagona xavfsizlik me’yorlarini o‘rnatishdan iborat bo‘lishi taklif qilinmoqda.

    Shu tariqa, O‘zbekiston mahalliy mahsulotlarni yangi — Xitoy va boshqa mamlakatlar bozorlariga olib chiqish uchun XXR imkoniyatlari va manbalaridan foydalanishi, milliy iqtisodiyotning asosiy sohalariga investitsiyalar jalb qilish, logistik imkoniyatlarini yanada to‘liqroq amalga oshirishi mumkin.

    20.06.2017, 12:51   Izoh (0)   26315
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mirzo Ulug‘bek tumanida uyida fohishaxona saqlagan ayol qo‘lga olindi

    20.06.2017, 12:15

    O‘zbekistonga Turkiyadan poyabzal qutilarida dori olib kirishga uringan fuqarolar qo‘lga olindi

    20.06.2017, 11:40

    Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlik faoliyati rivojini tubdan o‘zgartiruvchi yangi farmonni imzoladi

    20.06.2017, 11:14

    Ramazon munosabati bilan Real House ko‘chmas mulk sotib olishda chegirmalarni taqdim etadi

    20.06.2017, 10:36

    Rossiyada o‘zbekistonlik taksichi yo‘l haqini mobil dastur orqali to‘lagan yo‘lovchilarni do‘pposladi (video)

    20.06.2017, 08:57

    Ulug‘bek Ro‘ziqulov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Dushanbega boradi

    19.06.2017, 20:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    American University of Technology (AUT) Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Manchester Yunayted” yarim asrlik antirekordni qayd etdi

    Sport | 12 may, 13:30

    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida

    Reklama | 12 may, 13:30

    Tramp eng boy uchta arab davlatiga tashrif buyuradi

    Dunyo | 12 may, 13:23

    O‘zbekistonga issiq havo kirib kelishi kuchayadi

    O‘zbekiston | 12 may, 13:12

    Marvel’ning yovuz qahramonlari grim va kompyuter grafikasisiz qanday ko‘rinishga ega?

    Kino | 12 may, 13:01

    AQSH va Xitoy bojlarni 90 kunga pasaytiradi

    Dunyo | 12 may, 12:58

    Munosib qarshilik, asabiy kechgan o‘yin va bahs taqdirini hal qilgan penalti: “Navbahor” va “Xorazm” o‘yinidan fotogalereya

    Sport | 12 may, 12:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.