• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlik faoliyati rivojini tubdan o‘zgartiruvchi yangi farmonni imzoladi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmon qabul qildi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirildi.

    Foto: Trend

    Foto: Trend

    Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

    a) tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish sohasida — tadbirkorlik subyektlarini, ayniqsa o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish davrida ularni qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini yaratish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli muhofazasining kafolatlarini kuchaytirish, jadal rivojlanishiga har tomonlama ko‘mak berish, xususiy mulk va tadbirkorlikning ustuvorlik roli va daxlsizligini ta’minlash, respublikamiz tumanlari va shaharlarida aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, jumladan:

    vakolatli organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi holatini tahlil qilish hamda uning natijalarini tizimli asosda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa vakolatli organlarga taqdim etish;

    tadbirkorlik faoliyati sohasi qonunchiligining, avvalo mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijro etilishi ustidan jamoat nazoratini amalga oshirishning amaliy mexanizmini joriy etish hamda ularning faoliyati bo‘yicha mustaqil baholashni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish;

    davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlari va xodimlariga nisbatan shikoyat arizalari bergan tadbirkorlik subyektlarining manfaatlarini himoya qilish;

    tadbirkorlik subyektlari faoliyati monitoringini amalga oshirish hamda ular faoliyati tekshiruvlarida Palata a’zolarining ishtirok etishini ta’minlash.

    b) ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash sohasida — tadbirkorlik faoliyati sohasi qonunchiligini yanada takomillashtirish, tadbirkorlik subyektlarini ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik faoliyati sohasida qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning amaliyotga joriy etilishi ustidan jamoat ekspertizasini tashkil etish va jamoat nazoratini kuchaytirishga keng jalb qilish, jumladan:

    tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, qulay ishbilarmonlik muhiti va investitsiya muhitini shakllantirish bo‘yicha davlat dasturlari, shuningdek, hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

    tadbirkorlik subyektlarini ishbilarmonlik muhiti holatini yanada yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishga keng jalb qilish, tadbirkorlik tuzilmalari bilan birgalikda me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik ekspertizasini, jumladan, sanoat, transport, qurilish, moliya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, savdo va xizmatlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va boshqa sohalar bo‘yicha ekspert kengashlarini tashkil etish orqali tashkil etish;

    tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari kafolatlarini mustahkamlash, ularning rivojlanishini rag‘batlantirishni kuchaytirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

    respublikamiz tumanlari (shaharlari), viloyatlari kesimida joylardagi ishbilarmonlik muhitining holati hamda qonunchilikdagi me’yorlar va talablarning amalga oshirilishi natijalari bo‘yicha har chorakda tahlil o‘tkazish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa vakolatli organlarga ularni yaxshilash bo‘yicha tahliliy materiallar va takliflarni taqdim etish.

    v) tadbirkorlik faoliyatiga ko‘maklashish sohasida — tadbirkorlik subyektlariga biznesni tashkil etish, yuritish va yanada rivojlantirishda amaliy yordam ko‘rsatish, davlat organlari va bozor infratuzilmasi subyektlari xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha imkoniyatlar va sharoitlar yaratish, maslahat yordami va axborot ta’minotini taqdim etishda quyidagilar orqali ko‘maklashish:

    yangidan faoliyat boshlayotgan tadbirkorlarni joylashtirish uchun biznes-inkubatorlar faoliyatini yaratish va tashkil etish hamda ularga biznes-rejalarni tayyorlash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq zarur axborotlarni olish va amaliy masalalarni hal etishda ekspert, huquqiy va maslahat yordami ko‘rsatish;

    tadbirkorlarning investitsiya va ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq zarur axborotlarni olishiga yordam berish;

    tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda, ular faoliyati bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilganida tadbirkorlik subyektlariga huquqiy va yuridik yordam ko‘rsatish;

    moliyaviy va tovar-xomashyo resurslari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, texnologik mashinalar va qurilmalar, ishlab chiqarish obyektlari, shuningdek, yer maydonlaridan foydalanishda amaliy yordam ko‘rsatish;

    Savdo-sanoat palatasi a’zolari va hamkorlari ishtirokida jamoatchilik asosida qo‘mitalar, ishbilarmonlik va muvofiqlashtirish kengashlarini tashkil etish;

    innovatsiya tadbirkorligini joriy etishga, “startap” loyihalar, yoshlarning, avvalo oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarining o‘z biznesini tashkil qilish va yuritishga, shuningdek, aholi bandligi va daromadlarining jadal o‘sishini ta’minlashga xizmat qiladigan kichik, xususiy va oilaviy tadbirkorlik, kasanachilikning turli shakllarini jadal rivojlantirishga faol ko‘maklashish.

    g) davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik sohasida — davlat hokimiyatining barcha tarmoqlari — qonunchilik, sud va ijro etuvchi hokimiyatlar, shuningdek, bank-moliya tashkilotlari va bozor infratuzilmasining boshqa subyektlari bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlashni moslanuvchanligi va natijadorligiga xizmat qiladigan samarali o‘zaro hamkorlik tizimini va yangi ish shakllarini joriy etish, jumladan:

    tadbirkorlik subyektlari bilan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, joylardagi barcha darajadagi davlat hokimiyati organlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni samarali tashkil etishga ko‘maklashish, “to‘g‘ridan-to‘g‘ri va qayta aloqa” tamoyili bo‘yicha o‘zaro hamkorlikning amaliy va samarali mexanizmini yaratish;

    tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini qabul qilish va qayta ishlash, vakolatli organlarga ko‘rib chiqish uchun taqdim etish, shuningdek, ularning ijro etilishi ustidan monitoring olib borish va tahlil qilish;

    viloyatlar markazlari, tumanlar va shaharlarda Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari faoliyatini tashkil etish, ularning vakolatli davlat organlari va tashkilotlar, shuningdek, davlat xizmatlari taqdim etuvchi xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlash.

    d) tadbirkorlik subyektlarini o‘qitish va kadrlar tayyorlash sohasida – tadbirkorlik tuzilmalari uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi sifatini tubdan oshirish, iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlarini inobatga olgan holda, ta’lim yo‘nalishlari va ixtisosliklari bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirish, har bir tuman va shaharlarda kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash doimiy kurslarini quyidagi usullar orqali tashkil etish:

    O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan Respublika tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish markazi va uning hududiy filiallari bilan, jumladan, kasb-hunar kollejlari negizida mashg‘ulotlardan bo‘sh vaqtlarida, o‘zaro hamkorlikni tashkil etish;

    markaz faoliyatining yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari, xorijiy donorlar va chet davlatlarning tadbirkorlarni o‘qitish bo‘yicha muqobil markazlari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

    tadbirkorlarga biznes yuritish asoslari, biznes-rejalar tuzish, tadbirkorlik faoliyati sohasida qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, menejment, moliyaviy boshqaruv va boshqa zarur fanlarga o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari uchun o‘quv kurslarini ishlab chiqish va o‘tkazish;

    tadbirkorlarga xodimlarni tanlash va o‘qitishda, ularning kasb malakasini doimiy oshirishda ko‘maklashish, hududlar va tadbirkorlik sohalarida malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlardan kelib chiqqan holda, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlashga davlat buyurtmalarini shakllantirishda ishtirok etish;

    ta’limni tashkil etish uchun oliy o‘quv yurtlari, kasb-hunar kollejlarining o‘qituvchilari, amaliyotchi-mutaxassislar, yuqori natijalarga erishgan tadbirkorlar va xorijiy mutaxassislarni jalb qilish.

    e) tashqi iqtisodiy faoliyat va investitsiyalarni jalb qilish sohasida – respublikamiz tadbirkorlik subyektlarining xalqaro ishbilarmonlik hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, mahalliy korxonalar mahsulotlarining tashqi bozorlarga chiqarilishini ta’minlash, milliy brendlarni xorijda faol ilgari surish, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni, shuningdek, zamonaviy texnologiyalarni jalb etish, jumladan:

    biznes-forumlar, ko‘rgazmalar va yarmarkalarni tashkil etish va ularda mahalliy tadbirkorlik subyektlarining keng ishtirokini ta’minlash;

    tadbirkorlik subyektlariga ishonchli hamkorlar, yangi bozorlarni izlash va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tashqi bozorlarga olib chiqish, eksport turlarini kengaytirish va tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, huquqlari va manfaatlarini muhofaza qilishda yordam ko‘rsatish;

    tashkil etilgan kichik sanoat va erkin iqtisodiy zonalarda ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan, raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etishga oid loyihalarni amalga oshirish doirasida tadbirkorlik subyektlari, jumladan xorijiy investorlarga har tomonlama yordam ko‘rsatish;

    mazkur vazifalarni amalga oshirishda respublikamizning chet eldagi diplomatik vakolatxonalarining savdo-iqtisodiy masalalari bo‘yicha maslahatchilari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining chet eldagi vakolatxonalari bilan faol o‘zaro hamkorlikni ta’minlash.

    Farmon bilan yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun Savdo-sanoat palatasiga bir qator huquqlar berildi. Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari belgilandi.

    20.06.2017, 11:14   Izoh (0)   72024
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ramazon munosabati bilan Real House ko‘chmas mulk sotib olishda chegirmalarni taqdim etadi

    20.06.2017, 10:36

    Rossiyada o‘zbekistonlik taksichi yo‘l haqini mobil dastur orqali to‘lagan yo‘lovchilarni do‘pposladi (video)

    20.06.2017, 08:57

    Ulug‘bek Ro‘ziqulov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Dushanbega boradi

    19.06.2017, 20:51

    Ota e’tiboridan mahrum o‘zbekistonlik bolalar, maktablarga qaytishi mumkin bo‘lgan 11 yillik ta’lim, 2017-yilda o‘quvchi qabul qilmaydigan Borovskiy kolleji va kun...

    19.06.2017, 20:42

    Bektemirda voyaga yetmagan qizni “g‘ayritabiiy usul”da zo‘rlagan shaxs qo‘lga olindi

    19.06.2017, 19:55

    Andijon viloyatida Labo’ning salonidan 20 mln so‘m o‘g‘irlab ketildi

    19.06.2017, 19:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Manchester Siti” “Leyptsig” futbolchisi uchun kurashga kirdi

    Sport | 12 avgust, 09:17

    Turkiyada zilzilada qulagan bino quruvchisi ushlandi

    Dunyo | 12 avgust, 09:15

    O‘zbekistonda yangi o‘quv yilida 700 mingdan ortiq bola 1-sinfga chiqishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 12 avgust, 09:02

    AQSH kannabisni uncha xavfli bo‘lmagan dori turiga kiritadi

    Dunyo | 12 avgust, 08:59

    Sankt-Peterburgda migrantlarga kuryerlik qilish taqiqlandi

    Dunyo | 12 avgust, 08:27

    Braziliya AQSH tarif choralari tufayli JSTga shikoyat kiritdi

    Dunyo | 12 avgust, 00:15

    “Agar men bo‘lmaganimda, Putin hozir hech kim bilan gaplashmasdi ham” — Tramp

    Dunyo | 11 avgust, 23:50

    Boshidan o‘q yegan kolumbiyalik senator vafot etdi

    Dunyo | 11 avgust, 23:40

    AQSH maxfiy xizmati Putin va Tramp uchrashuvidan oldin Ankorijda bir uyni ijaraga olgan — NYT

    Dunyo | 11 avgust, 23:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.