O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Ro‘ziqulov boshchiligidagi delegatsiya 2017-yilning 20-iyun kuni O‘zbekiston—Tojikiston muzokaralarini o‘tkazish uchun Dushanbe shahriga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ikki kunlik tashrif chog‘ida aniq kelishuvlarga erishish maqsadida savdo-iqtisodiy, investitsion va boshqa sohalardagi, jumladan O‘zbekiston va Tojikiston ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tadigan biznes-forum yakunlariga ko‘ra hamkorlikni kengaytirishning amaliy masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Izoh (0)