Otabek Isroilov Toshkent viloyatining Bekobod tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
U avvalroq Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Turobjon Jo‘rayevning o‘rnini egalladi.
Otabek Isroilov 2016-yildan buyon Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Bekobod shahriga Zafar Fayzullayev hokim etib tayinlandi. U 2014—2017-yillarda O‘rtachirchiq tumanidagi “To‘ytepa Zafar mevalari” fermer xo‘jaligini boshqargan, 2001—2011-yillarda Yangiyo‘l tumani hokimi vazifasida ishlagan.
Izoh (0)