O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Ro‘ziqulov boshchiligidagi delegatsiya 23-iyun kuni Moskva shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Iqtisodiy kengashining 74-yig‘ilishi ishida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Yig‘ilishda MDHga a’zo davlatlarning iqtisodiy sohadagi hamkorligiga oid amaliy masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 20-iyun kuni Ulug‘bek Ro‘ziqulov boshchiligidagi delegatsiya Dushanbe shahrida O‘zbekiston—Tojikiston muzokaralarini o‘tkazadi.
Izoh (0)