O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-iyundagi qarori (pdf) bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Qozog‘iston Respublikasi Hukumati o‘rtasida, Ostona shahrida, 2017-yil 23-martda imzolangan, 2006-yil 20-martdagi xalqaro transport aloqasi haqidagi Bitimga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Protokolni tasdiqladi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-taomillarini bajargani haqida Qozog‘iston tomoniga tegishli bildirishnoma yo‘llash yuklandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlashi ta’kidlandi.
Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklandi.
Izoh (0)