2017-yilning 15-iyun kuni soat 21:30 larda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Sevara G‘ayratova Yashnobod tumani hududida joylashgan xonadonida fohishaxona saqlab kelayotganligi aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
U 100 ming so‘m evaziga fuqarolar S va G. ga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib bergan.
Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)