Toshkent shahrining Bektemir tumanida 17-iyun kuni soat taxminan 12:00 larda Dilshod Rahimovich Toshmuhamedov ismli shaxs o‘z xonadonida voyaga yetmagan qizning ojizligidan foydalanib o‘z jinsiy ehtiyojini g‘ayritabiiy usulda qondirgan.
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi (“jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib, g‘ayritabiiy ravishda qondirish, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan sodir etish”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshmuhamedovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari doirasida uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Izoh (0)