Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa shahrida 18-iyun kuni Dehqon bozori oldida qarovsiz qoldirilgan Labo’ning salonidan 20 million so‘m pul o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda viloyat IIB “Daryo”ga ma’lum qildi.
Qo‘rg‘ontepa tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv tadbirlari natijasida mazkur o‘g‘rilik jinoyati Andijon shahrida istiqomat qiluvchi besh yigit tomonidan amalga oshirilgani aniqlangan va ular ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
“Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIB axborotida.
Izoh (0)