FIFA kunlaridan unumli foydalangan bir qator futbol terma jamoalari xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushdi.
17-iyun kuni start oladigan Konfederatsiyalar kubogida Osiyo qit’asining amaldagi chempioni sifatida ishtirok etadigan Avstraliya terma jamoasi JCh—2018 yo‘llanmasini birinchi bo‘lib qo‘lga kiritgan Braziliyaga qarshi saf tortdi. Bellashuvda pentakampionlar 4:0 hisobida zafar quchdi.
Bunga qadar Braziliya Avstraliyada Argentina bilan o‘zaro o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. Avstraliya esa JCh—2018 saralashi doirasida Saudiya ustidan 3:2 hisobida zafar quchgandi.
Xalqaro o‘rtoqlik o‘yini Melburn, Avstraliya 13-iyun, seshanba
Avstraliya — Braziliya 0:4
Gollar: Diyego Souza, 1 (0:1). Tiago Silva, 62 (0:2). Tayson, 75 (0:3). Diyego Souza, 90 (0:4).Xuddi Braziliya kabi tijorat turnesiga chiqqan Argentina futbolchilari Singapurda mehmon bo‘lib, mezbonlar darvozasiga javobsiz 6 ta gol urishning uddasidan chiqdi.
Xalqaro o‘rtoqlik o‘yini Singapur, Singapur 13-iyun, seshanba
Singapur — Argentina 0:6
Gollar: Fasio, 25 (0:1). Anhel Korrea, 31 (0:2). Gomes, 60 (0:3). Paredes, 74 (0:4). Alario, 90 (0:5). Anhel Di Mariya, 90+1 (0:6).Argentina terma jamoasi KONMEBOL saralashida 5-o‘rinni egallab turgani uchun, JCh—2018 yo‘llanmasini Braziliya kabi hal qilib ulgurmagan. Lionel Messi jamoadoshlari JCh—2014 finaliga qadar yetib borib, hal qiluvchi o‘yinda Germaniyadan yengilgandi — 0:1.
Izoh (0)