“Taraqqiyot strategiyasi” markazi O‘zbekistondagi notarial idoralarning faoliyatini baholash borasida ijtimoiy so‘rov o‘tkazmoqda, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.
2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida notarial idoralar faoliyatini avtomatlashtirish, barcha notarial bitimlar hisobini markazlashgan holda yuritish va idoralararo elektron hamkorlikni hisobga olgan holda, aholi va tadbirkorlarga notariat sohasida interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan.
Ushbu chora-tadbirlarning hayotiyligini ta’minlash, sohadagi muammolarni chuqur tahlil qilish maqsadida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan keng jamoatchilik o‘rtasida ijtimoiy so‘rov o‘tkazilmoqda.
Notarial idoralarning noqonuniy xatti-harakatiga guvoh bo‘lgan fuqarolar so‘rovda keltirilgan savollarga mos javobni belgilashlari, shuningdek, o‘z variantini ham yozib qoldirishlari mumkin.
So‘rov 17-iyunga qadar davom etadi.
Izoh (0)