2017-yilning 10-iyun kuni taxminan soat 15:05 larda, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan, Bektemir tumanidagi YPX maskanida, Damas rusumli avtoulov ko‘zdan kechirilganda, yo‘lovchi Alisher Sultanovich Saparov yonida katta miqdorda og‘irligi 220,33 gramm bo‘lgan marixuana giyohvandlik moddasini Toshkent shahriga sotish maqsadida olib kelayotganligi aniqlangan. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy saytida xabar berildi.
Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25, 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotishga suiqasd qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
Saparovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Izoh (0)