Toshkent shahrida 8-iyun kuni, taxminan, soat 22:35 larda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Begzod Xasanov Uchtepa tumani hududida joylashgan xonadonda fohishaxona saqlab kelganligi aniqlandi. Bu haqda shahar IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.
U 60 ming so‘m evaziga fuqarolar “A” va “D” ga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib bergan.
Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)