Rossiyaning Xabarovsk aeroportida “Rosselxoznadzor” mutaxassislari O‘zbekistondan yetib kelgan yo‘lovchilarning yuklarini ko‘zdan kechirdi, natijada qariyb 71 kilogramm olib kirish taqiqlangan mahsulot topildi, deb yozadi “Kp.ru”.
Qo‘l yukida odamlar olma, mayiz, turshak, yangi uzilgan gilos, o‘rik, qovun olib kirgan.
Karantinli mahsulotlarni Ozarbayjon, Tojikiston va O‘zbekiston respublikalaridan olib kirish uchun vaqtinchalik cheklovlar 2012-yil aprelidayoq joriy etilgan edi. Bunga karantinli mahsulotlarda Rossiya uchun karantinli obyektlar va Rossiya hududida zararli organizmlar tarqalib ketish xavfi tizimli ravishda aniqlangani sabab bo‘lgan edi.
Musodara qilingan mahsulotlarning barchasi Xabarovsk aeroportida yo‘q qilinadi.
Izoh (0)