Shu yilning may oyida boshlangan Toshkentdagi Shimoliy vokzal yaqinida Kichik halqa avtomobil yo‘li orqali o‘tgan yo‘l o‘tkazgichning demontaj qilingan qismini qayta tiklash bo‘yicha qurilish ishlari davom etmoqda.
Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Istiqbol ko‘chasiga o‘tuvchi yo‘l o‘tkazgich turar-joy dahasini aylanib o‘tadi va shaharning sharqiy qismini markaz bilan bog‘laydi. Shavkat Mirziyoyev ushbu hududdagi qurilish loyihasi bilan mart oxirida tanishgan edi.
Ko‘prikning ikki tomonida piyodalar yo‘lakchasi qurilib, tungi yoritgichlar o‘rnatiladi. Bu esa haydovchi va yo‘lovchilarga katta qulaylik yaratish barobarida ko‘prikning harakat xavfsizligini ta’minlash darajasini oshiradi.
Eslatib o‘tamiz, Mirobod tumanidagi bu ko‘prikning eni 30, uzunligi 346 metr bo‘lgan qismi rekonstruksiya qilinadi, eni 22, uzunligi 281 metr bo‘lgan qismi esa yangidan quriladi.
Izoh (0)