Braziliya oliy saylov sudi mamlakat prezidenti Mishel Temerni 2014-yilgi saylovoldi kampaniyasini noqonuniy moliyalashtirish ishi bo‘yicha oqladi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
O‘tgan yil avgustida iste’foga chiqarilgan sobiq davlat rahbari Dilma Russeffga nisbatan ham shunday qaror qabul qilindi.
Buning uchun 4 nafar sudya ovoz berdi, 3 nafari esa qarshi chiqdi. Sud raisi Jilma Mendesning ovozi hukm taqdirini belgilab berdi.
“Mandatdan mahrum etish favqulodda holatlarda qo‘llanadigan chora hisoblanadi. Respublika prezidenti har soatda almashtirilmaydi, hatto shunday kuchli istak tug‘ilgan taqdirda ham”, — dedi Mendes.
Izoh (0)