Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Bukingem saroyiga tashrifdan so‘ng qirolicha Yelizaveta II dan yangi hukumat shakllantirish uchun rasmiy ruxsat oldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Hozirgina Hazrati Oliyalari huzurida bo‘ldim, va endi hukumat tuzishga kirishmoqdaman. Bu hukumat qalblarga ishonchni joylay oladi va britaniyaliklarni mamlakatimiz uchun og‘ir vaziyatda olg‘a boshlaydi”, — dedi Mey jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida.
Ilgariroq Tereza Mey, saylov natijalari uning uchun qoniqarli bo‘lmaganiga qaramay, iste’foga chiqmasligini aytgan edi. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, navbatdan tashqari saylovda konservatorlar o‘z pozitsiyalarini mustahkamlay olmadi va parlamentda 12 ta o‘rin yo‘qotdi.
Izoh (0)