NASA o‘zining NEOWISE missiyasi doirasida 2016-yili oldin fanga noma’lum bo‘lgan 97 ta obyektni kashf etdi.
Ulardan 28 tasi Yer atrofidagi, 64 tasi asteroidlar bosh kamaridagi va 5 tasi kometa ekanligi aniqlandi. Mazkur obyektlardan 10 tasi Yer uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan asteroidlar sifatida baholandi.
Ehtimoliy xavfli obyektlar maqomi asteroidlar o‘lchami va orbitasining Yer trayektoriyasi yaqinligiga qarab beriladi.
NEOWISE missiyasi 2013-yildan beri faoliyat olib bormoqda. Buning uchun WISE koinot teleskopi qo‘llanadi. Uning yordamida oldinroq infraqizil diapazonda yulduzli osmon xaritasi tuzilgandi.
Izoh (0)