Astronomlar xalqaro jamoasi eng qaynoq ekzosayyorani aniqladi. Tadqiqot natijalari Nature jurnalida e’lon qilindi.
KELT-9b (HD 195689 b) ekzosayyorasining yulduzga qaragan tomoni atmosferasi harorati 4,6 ming kelvinni (Selsiy bo‘yicha 4327 daraja) tashkil etadi.
Samoviy jism gaz qobig‘idagi sharoitlar unda molekulalar yo‘q ekanligini taxmin qilishga asos beradi.
Ekzosayyora KELT-9 (HD 195689) yulduzi atrofida 1,48 sutka davomida va 0,03 astronomik birlik masofada aylanadi. U Yupiterdan 2,88 marotaba og‘ir va 6,75 marotaba katta.
Izoh (0)