IShID terrorchilik guruhi Buyuk Britaniya poytaxtidagi hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi, deb yozadi “RIA Novosti” Reuters’ga tayanib.
Londonda ketma-ket hujumlar 4-iyunga o‘tar kechasi sodir etildi. London ko‘prigida avtomobil piyodalar ustiga bostirib bordi, shundan so‘ng pichoqlar bilan qurollangan uch terrorchi mashinadan tushib, o‘tkinchilarga hamla qila boshladi. Voqea joyiga yetib kelgan politsiya jinoyatchilarni yo‘q qildi. Teraktda yetti kishi qurbon bo‘ldi, 48 kishi turli darajadagi jarohat va shikastlanishlar oldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)